«Muhtasham yuz yil» serialidagi aktyor 16 yilga qamaldi
«Muhtasham yuz yil» tarixiy serialida Bahrom Posho roli bilan tanilgan turk aktyori Adnan Koch qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Cumhuriyet» nashri xabar berdi.
2018 yil martida «Giyohvandlikka qarshi kurashish operatsiya»si paytida aktyor va boshqa 5 gumondorni hibsga olingandi.
Adnan Kochga shuningdek, polisiyaga qurol bilan qarshilik ko‘rsatish, garovga olish va noqonuniy o‘qotar qurol saqlash ayblovlari qo‘yilgan.
Jinoyatchilar qurolli qarshilik ko‘rsatib, dalillarni yo‘qotish maqsadida huquqni muhofaza qilish xodimlarini qo‘lga olishni rejalashtirishgan va olti polisiyachini yaralashgan.
Koch va uning jinoiy sherigi Ahmetga 16 yil 8 oy qamoq jazosi, qolganlarga esa 4 yil 9 oy 15 kun, 17 yil 6 oygacha qamoq jazosini o‘tash belgilandi.