“Muhtasham yuz yil” serialida suratga tushayotgan paytda oilasi buzilgan turk aktrisalari
“Muhtasham yuz yil”ning suratga olish jarayoni aktyorlar hayotiga ta’sir etmay qolmagan. Pelin Karahan Aktrisaning turmushi darz ketishiga juftlik bir-birini vafosizlikda ayblagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, Pelinning turmush o‘rtog‘iga “Muhtasham yuz yil” serialidagi Mehrimoh va uning turmush o‘rtog‘i Rustam bilan birga olingan sahnalar yoqmagan. Karahan roldan voz kechishni istamagani oqibatida juftlik 2003-yilda ajrashgan. Shundan keyin ikkinchi marta turmushga chiqqan aktrisa bugungi kunda ikki o‘g‘ilning onasi. Nur Fettaho‘g‘lu Serialning boshida Aysan familiyasi bilan suratga tushgan aktrisa keyinchalik qizlik familiyasida namoyon bo‘la boshlagan. 2013-yilda turmushga chiqqan Nurning oilasi buzilishiga faoliyatidan ortib, oilasiga yetarlicha vaqt ajrata olmagani sabab bo‘lgan. Oradan vaqt o‘tib esa juftlik yarashib olgan. Ezgi Eyubog‘lu Aybige rolini ijro qilgan aktrisa Ezgi serialda shahzoda Mehmet sifatida ma’lum bo‘lgan Gurbey Eleri bilan 2011-yildan buyon munosabatda bo‘lgan va turmush qurishlariga bir baxya qolgan. 2013-yilda hammasiga nuqta qo‘ygan sobiq sevishganlarning ajrashish sababi aniq emas. Juftlikning kelin-kuyov sifatida tushgan surati esa boshqa bir serialdan olingan, xolos.