Rossiyaning «Mobilnie TeleSistemi» (MTS) kompaniyasining xabar
berishicha, unga qarashli bo‘lgan «O‘zdunrobita» XK MChJ Toshkent shahar xo‘jalik
sudiga bankrot bo‘lgani to‘g‘risida ariza bergan. Bunga «O‘zdunrobita» MChJning
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2012 yil 17 sentyabrda
chiqargan hukmi va sudning Apellyatsiya kengashi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda belgilangan
majburiyatlarni, ya’ni 600 mln. dollar miqdoridagi jarimani to‘lashga qodir emasligi
sabab bo‘lgan.MTS matbuot xizmati tarqatgan xabar ko‘ra, kuchga kirgan sud qaroriga
muvofiq,hozirga qadar «O‘zdunrobita» hisobida qolgan 150 mln. dollarga teng
pul mablag‘larining hammasi yechib olingan. «O‘zdunrobita» O‘zbekiston qonunchiligi
doirasida o‘z manfaatlarini himoya qilishni davom ettiradi Eslatib o‘tamiz,
bundan bir kun ilgari Rossiya tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston elchisi bilan
aynan "MTS-O‘zbekiston" masalasida uchrashuv bo‘lib
o‘tgan. Dushanba kuni esa "O‘zdunrobita" menejerlaridan biri kompaniya xodimlarini ishdan bo‘shatish boshlangani haqida ma’lumot bergandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra jami 200dan ziyod xodimga ishdan bo‘shash haqida ogohlantirish
berilgan.