«MTS» mobil internet-messenjerni chiqarishga tayyorlanmoqda
«MTS» xodimlari o‘z smartfonlarida internet orqali qo‘ng‘iroqlashish va matnli xabarlar yuborish imkonini beruvchi RCS (Rich Communication Suite) standartini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda kompaniya vakili Dmitriy Solodnikovga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi.
Oddiy abonentlar uchun ushbu standart 2015 yil iyunida ochilishi ko‘zda tutilgan, dastlab u faqat Moskvada mavjud bo‘ladi. «MTS» tarmog‘i ichida qo‘ng‘iroq qilish va xabar jo‘natish bepul bo‘ladi, boshqa operatorlar tarmog‘iga chiqish oddiy qo‘ng‘iroq va SMSlar kabi tariflanadi.
Yangi servis uchun «MTS» 100 million rubldan ortiq investisiya kiritdi.
RCS dasturini Android va iOS boshqaruvidagi smartfonlarga yuklab olish mumkin bo‘ladi.