Moskva viloyat huquq-tartibot organlari teraktlar haqidagi 26 qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda “Moskva” yangiliklar agentligi xabar bermoqda.
“42 yoshli fuqaro o‘z xonadonida qo‘lga olindi, - deyiladi xabarnomada. – u 2015 yil oktyabridan noyabrigacha 26 marta polisiyaga teraktlar haqida qo‘ng‘iroq qilgan. Tintuv chog‘ida yolg‘on xabarlar berish uchun qo‘llangan telefonlar va SIM-kartalar topildi”.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.