Moskva birjasida dollar kursi 67 rubldan past ko‘rsatkichni qayd qildi
Moskva birjasidagi savdolarning ochilishida rubl kursi 2015 yil dekabrdagi minimumni yangiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, 31 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 14:18 da dollar kursi 1,05 rublga tushib, 66,922 rublni tashkil qilgan.
Yevro kursi 83 tiyinga tushib, 76,132 rublni tashkil etgan.