«Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi kelajakda o‘zini hozircha murabbiy sifatida ko‘rmayotganini aytib o‘tdi.
Jurnalistlar 30 yoshli Messidan kelajakda, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, murabbiy bo‘lib ishlash istagi bor yo‘qligi bilan qiziqishdi.
«Rostini aytsam, menda murabbiylik qobiliyati yo‘q. Ammo men qachondir fikrimni o‘zgartirarman», - deydi Messi.
Messining «Barselona» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.