Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – Arsenal” jamoasi o‘rtasida o‘yin “qizil iblislar”ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin shidatli ruhda boshlandi 16-daqiqadayoq Pol Pogba “Arsenal” darvozasiga yo‘l topgan bo‘lsa, tanaffusdan so‘ng Venger ko‘rsatmalaridan to‘yib ketgan “to‘pchilar” futbolchilari o‘yinni shiddat bilan boshladi.
Bu esa besamar ketmadi, 51-daqiqada Geynrix Mxitaryan sobiq jamoadoshlarini tang ahvolda qoldirdi.
Matchning qolgan daqiqalari esa bir hil ruhda o‘tdi lekin “qizil iblislar” “Arsenal” darvozasiga ko‘proq xavf sola bildi.
Birdan “Manchester Yunayted” muxlislari o‘yindan umidlari uzilgan bir paytda noodatiy soch turmagi bilan mashxur bo‘lgan Maruan Fellayni “MYu” joniga oro kirdi.
Uchrashuv shu hisob bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Taxlillarga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi “qizil iblislar” himoyachisi Viktor Lindelyof deya topildi.
APL, 36-tur.
“Manchester Yunayted” – “Arsenal” 2:1.
Gollar: 1:0 – 16 Pogba, 1:1 – 51 Mxitaryan, 2:1 – 90 Fellayni.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Fellayni, 64), Errera (Marsyal, 64), Sanches, Lukaku (Reshford, 50).
“Arsenal” Ospina, Mavropanos, Kolashinas (Monreal, 64), Belerin, Chembers, Mxitaryan (Uillok, 76), Jaka, Meytlend-Naylz, Ivobi, Nelson (Uelbek, 64), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Jaka (24).
Akmalxon Eshonxonov