Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Lester" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 3:1 hisobi qayd etilib, "qizil iblislar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, hisobni van Persi 27-daqiqada ochdi. Keyin Falkao oradan besh daqiqa o‘tib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘limning oxirlarida avtogol tufayli "MYu" uchta gol farqi bilan oldinga o‘tib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 80-daqiqada Vasilevski bitta javob golini urishga erishdi.
Shu tariqa "Yunayted" 43 ochko to‘plab uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Angliya chempionati, 23-tur
Manchester Yunayted – Lester 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 27 van Persi, 2:0 – 32 Falkao, 3:0 – 44, avtogol Morgan, 3:1 – 80 Vasilevski.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Shou, Djons, Roxo, Di Mariya, Yanuzay, Valensiya (Mata, 77), van Persi (Makneyr, 68), Falkao (Uilson, 80), Runi.
Lester – Shvarser, Morgan, Vasilevski, de Lat, Shlupp, King, Drinkuoter, Simpson, Uloa (Nyudjent, 62), Kramarich (Olbrayton, 62), Vardi (Kambyasso, 46).
Ogohlantirishlar: Drinkuoter (34).
Manba: www.uff.uz
|