Portugaliyalik yarimhimoyachi Nani Lissabonning “Sporting” klubida serunum mavsum o‘tkazmoqda hamda yana “Old Trafford”da o‘z baxtini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
“Sporting” klubi Nanining o‘rniga boshqa futbolchi izlashga tushib ketdi.
Portugaliyalik o‘yinchi o‘zining birinchi klubiga Markos Roxo transferining bir qismi sifatida ijara asosida qaytgan edi. Nani Lissabon klubi safida o‘tkazgan 31 ta rasmiy uchrashuvda 11 ta to‘p va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Naniga maoshni “MYu” to‘lab kelmoqda.
Nani “MYu” tarkibida 2007 yildan to‘p surgan. Angliyada oxirgi mavsumlar davomida Nani goh zaxira o‘rindig‘idan, goh asosiy tarkibdan joy olib yurgan.