“Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin oldidan “Tottenxem”da jiddiy yo‘qotish
Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn mushaklaridagi og‘riq tufayli Angliya Premer-Liga doirasidan 10-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Tottenxem” klubi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi bugun, 27 oktabr kuni eratalabki mashg‘ulotlarda jarohat olgan bo‘lib, tekshiruvlar natijasi uning chap oyog‘idagi mushaklari jiddiy lat yeganini va Keyn kamida uch hafta maydonga tusha olmasligini tasdiqlagan.
“Manchester Yunayted” – “Tottenxem” uchrashuvi, ertaga, 28 oktabr kuni 16:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Xarri Keyn “Tottenxem” klubining joriy mavsumdagi asosiy to‘purari hisoblanadi. Hujumchi APLning 9-turidan so‘ng 8 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.
Shuningdek, ertangi bo‘lib o‘tadigan o‘yin Angliya chempionatida markaziy uchrashuv sanaladi va muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etishi mumkin.