“Spartak” muxlisi Tuladagi stadion tomidan qulab tushdi
9 aprel kuni Moskvaning “Spartak” jamoasi Tula shahriga “Arsenal” bilan o‘yin o‘tkazish uchun safar qildi.
Ushbu o‘yin vaqtida stadion tomiga chiqib olgan moskvalik muxlislardan biri, 20 yoshli Suvorov familiyali shaxs pastga qulab tushgan. Uni tezda shifoxonaga olib ketishgan.
Uning ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bu hodisaga uning o‘yinga mast holatda borgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 22-tur doirasidagi bu uchrashuvda mezbonlar 91-daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Bu golga Dmitriy Alenichev shogirdlari safidagi Dmitriy Smirnov mualliflik qilgan.