Makkadagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 700 nafardan oshdi
Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 717 kishiga yetdi, jarohatlanganlar esa 805 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi boshqarmasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hojilarning Mino vodiysida joylashgan Jamarot - Shaytonga tosh otadigan joyga olib boruvchi va undan qaytadigan yo‘lida tirbandlik vujudga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita jabr ko‘rganlar ichida o‘zbekistonliklar yo‘q ekanini ma’lum qildi.