Makkadagi tiqilinchlikda 7 davlat fuqarolari halok bo‘lgani aytildi
Kecha Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchlik oqibatida halok bo‘lgan 717 kishilar orasida 7 davlat fuqarolari bor ekanligi aytildi.
Birinchi bo‘lib Eron rasmiylari ushbu fojiada 131 nafar fuqarosi qurbon bo‘lganini ma’lum qildi. Marokash matbuotida bu davlatning 87 fuqarosi qurbon bo‘lgani aytildi.
Bundan tashqari, Hindistonning 14, Pokistonning 7, Jazoir va Indoneziyaning 3 nafardan, Niderlandiyaning 1 fuqarosi halok bo‘lgan. Shuningdek, Filippinning 2 nafar fuqarosi quyosh urushidan o‘lgan.