Avvalroq, xonanda Botir Qodirov Umra amallarini bajarish uchun BAAning Dubay shahri orqali Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
Qodirov allaqachon Makka shahriga yetib borib, Umra amallarini bajarishni boshlab yubordi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga Ka’baning atrofida tushgan suratini joylashtirib, shunday izoh qoldirdi.
"Azizlar, sizlarni ham shu muqaddas bo‘lgan dargohlarga, ya’ni Makka va Madinaga kelib Haj va Umra amallarini bajarishingizni Allohdan duo qilib so‘rab qolaman".
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda san’atkorlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva Umra amallarini bajarib kelgan edi.