Saudiya Arabistonida 47 kishi terrorizmda ayblanib, qatl etildi
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi terrorizm bilan shug‘ullanganlik va uni rag‘batlantirishda ayblangan 47 kishiga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar tarqatgan.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, qatlga buyurilganlar orasida "Al-Qoida" tashkilotining Saudiya Arabistonidagi bo‘limi yetakchisi Faris az-Zaxrani hamda shialar yo‘lboshchisi Nimr an-Nimr nomlari bor. Ularning ikkisi ustidan sud hukmi 2014 yilda chiqarilgandi.
Qayd etilishicha, qatl etilgan 47 kishining aksar qismi 2003 yildan 2006 yilgacha bo‘lgan muddat ichida Saudiya Arabistonida amalga oshirilgan teraktlarga aloqadorligi uchun ayblangan.
Eron bundan oldinroq, Saudiya Arabistonida shialar rahnamosi qatl etilishi bu mamlakat uchun qimmatga tushishi haqida ogohlantirgandi.