“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrardning xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar baradi.
- "Futbolda oldindan hech narsani bashorat qilish mumkin emas. Oldinda seni qanday taqdir kutayotganini bilishning ham iloji yo‘q. Agar menga vaqti kelib yana Angliyada o‘ynash nasib etsa, faqat “Liverpul”da o‘ynayman. Men bugun Torres bilan birga o‘ynaganimdan juda ham xursandman. “Liverpul”ga yangi kelgan paytimda u bilan o‘ynashni orzu qilardim, lekin men jamoaga kelganimda u boshqa klubga o‘tib ketgan edi. Bugun nihoyat Torres bilan birga o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim. Bundan juda ham xursandman", - deydi Suares.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Liverpul” jamoasi afsonalari Stiven Jerrard va Jeymi Karrager klub tomonidan uyushtirilganhayriya uchrashuvida o‘zaro bahs borishdi. Mazkur o‘yinda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.