KXDRda to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish taqiqlandi
KXDRda tantanali tadbirlar, hattoki to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish ham taqiqlandi. Bu ko‘rsatma Koreya Mehnat partiyasi syezdi oldidan xavfsizlikni kuchaytirish doirasida berildi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Shimoliy Koreya poytaxtga kirishni cheklab va Xitoy bilan chegara hududga qadar kuzatuvni kuchaytirib, o‘ziga xos xavfsizlik rejimini o‘rnatdi”, — deb aniqlik kiritadi “Ryonxap” agentligi manbasi.
Koreya Mehnat partiyasining 1980-yildan beri birinchi syezdi 6-may, juma kuni boshlanadi. Syezdda KXDR tashqi va ichki siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish kutilmoqda.