Krishtianu Ronalduning o‘g‘li “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning farzandi “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi.
Kichik Krishtianu ham endi mankunianliklar safida o‘ynaydi. Bu haqda Ronalduning qaylig‘i Jorjina Rodriges ma’lum qildi. “Orzular uchun birgalikda kurashamiz. Onang seni yaxshi ko‘radi”, — deya sharh qoldirdi Jorjina.
Iyun oyida 12 yoshga kiradigan kichkina Krishtianu “qizil iblislar” safida xuddi otasi kabi 7-raqam ostida harakat qiladi.