Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. TisMarHan-soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ronalduning takabburligi to‘liq namoyon bo‘lmoqda. «MYu”ning sabri tugay boshladi

Portugaliyalik yulduz jamoaga befarqligini muntazam namoyish etmoqda. «Yunayted” shartnomani bekor qilishi mumkin.

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted”ni transfer oynasi yopilgunga qadar tark etmoqchi. Buning amalga oshishi dargumon, ammo agent Jorje Mendesh hamon mijozini Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klubga joylashtirishga urinmoqda.

Ronaldu – Yevropa futbolida mavsumlar oralig‘ining asosiy nyusmeykeri bo‘lib turibdi. Dastlab portugaliyalik «Manchester Yunayted”ga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutgandi. Ha, u boshqa futbolchilar bilan bir vaqtda mavsumoldi mashg‘ulotlariga kelmadi, biroq hech qanday shov-shuvli mojarolarga yo‘l qo‘ymadi.

Yozning birinchi yarmida Krishtianu «Bavariya”, «Atletiko” yoki boshqa top-klublarga o‘tib ketishi mumkinligiga ishongandi. Biroq, keyinchalik 37 yoshli hujumchi qayg‘uli haqiqatni tan olishga majbur bo‘ldi – u faoliyatining bu bosqichida gigantlarning hech biriga kerak emasdi.

Iyul oyining ikkinchi yarmida Ronaldu nihoyat, katta ehtimol bilan «Yunayted”ni tark eta olmasligini tushundi. Portugaliyalik futbolchi klub bazasida paydo bo‘ldi, jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Krishtianu boshqa klubda o‘ynash istagi borligiga qaramay, professional bo‘lishga vaʼda berdi. Ammo o‘z so‘zida turmadi.

Ronalduning takabburligi mavsumoldi mashg‘ulotlari yakunida va Premer-Liga startida to‘liq namoyon bo‘ldi. Endi «Manchester Yunayted” u bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa ajab emas.
   Ronaldu o‘zini yo‘qotdi

Krishtianu har doim egotsentrik futbolchi bo‘lgan, ammo uni hech kim noprofessional deb aytolmaydi. Mehnat etikasi va ishga munosabati bilan portugaliyalik boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelgan. Ronaldu eng qiyin damlarda ham o‘zini nazorat qila olgan va shartnomadagi majburiyatlarini vijdonan bajargan.

Bir yil oldin u «Yuventus”dan ketish jarayonini nisbatan tinch o‘tkazgan, matbuotda shov-shuvli sarlavhalar bilan ko‘zni qamashtirmagandi. Hozir «Manchester Yunayted”da hammasi boshqacha. Mavsumoldi tayyorgarlik bosqichining katta qismini «oilaviy sabablarga ko‘ra” o‘tkazib yuborish tashvishlanishga arziydigan sabab edi. Krishtianu yakka tartibda shug‘ullangan bo‘lsa-da, buni jamoaviy yig‘inlar va sinov o‘yinlaridagi ishtirok bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

 
«Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag uzoq vaqt davomida Krishtianu haqidagi savollarga silliq javob berishga harakat qildi. Biroq yakunda futbolchining jismoniy holati yaxshi emasligi, hatto sheriklaridan ham yomon ekanini tan oldi. Bu gaplar Ronaldu klub bazasi qaytib, «Rayo Valekano”ga (1:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yini tanaffusida zaxiraga olinganidan keyin aytildi.

Krishtianu har bir qadami matbuotda kuzatilib borishidan xabardor bo‘lsa-da, o‘yin tugamasidan oldin «Old Trafford”ni namoyishkorona tark etdi. Ten Hag darhol bu ishning nojoiz ekanini aytdi.

«Albatta buni qabul qila olmayman. Bunday holat qabul qilinishi mumkin emas. Qoida hamma uchun amal qiladi. Biz bir jamoamiz, hamma oxirigacha birga bo‘lishi kerak”, dedi u.

Klub rahbariyati «olovni o‘chirish”ga harakat qildi va keyinchalik murabbiy so‘zlari ohangini biroz pasaytirdi. Ammo Ronaldu tinchlanmoqchi emasdi.

Krishtianu ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini g‘alati tutdi. O‘zini maqtash bilan shug‘ullandi va «Qirol qaytdi” mazmunidagi postlarni joylashtirdi. Oddiy internet-troll uslubida muxlislar bilan tortishdi. Ronalduning rasmiy akkaunti (dunyoda eng ko‘p obunachilarga ega) futbol jamoatchiligini hayratda qoldirib, 10 mingga yaqin obunachisi bo‘lgan kichik guruhlarda muxlislar bilan bahslasha boshladi. Ish shu darajaga yetdiki, Farer orollarining kamtarona «Klaksvik” klubi portugaliyalik futbolchi uchun 20 bosh qo‘y taklif etib, uni masxara qildi.

Ammo Ronaldu mavsumoldi tayyorgarlik bosqichining oxirida endi junbishga kelayotgandi.

Krishtianu Premer-Liga startida jamoaga befarqligini ochiqchasiga ko‘rsatmoqda

Ronaldu 1-tur doirasidagi «Brayton”ga (1:2) qarshi o‘yinning 53-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bitta zarba berdi.
 

 
Bellashuvdan so‘ng ten Hag hujumchi hali jismoniy holatini maromiga yetkazib olishi kerakligi, atigi 10 kun mashg‘ulot o‘tkazganiga alohida urg‘u berdi. Uni to‘g‘ridan to‘g‘ri ayblamadi, biroq tayyorgarlik jarayonini o‘tkazib yuborganidan norozi ekanini nozik ishoralar bilan tushuntirdi. Balki aynan shu gaplar portugaliyalikni ranjitgan bo‘lishi mumkin.

Ronaldu «Brentford”ga (0:4) qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘ynadi. U darvozaga olti marta zarba berdi, ikkitasi darvoza hududiga bordi. 27 ta uzatma berdi, 26 tasi aniq – bu 96 foiz. Ammo ularning juda oz qismi xavfli hujumga olib keldi. Bunday statistika bilan faxrlanib bo‘lmaydi. «Brentford” barcha gollarni birinchi bo‘limda urib, «Yunayted”ni parokanda qildi. Ikkinchi bo‘lim shunchaki rasmiyatchilikka aylandi. Ten Hag jamoasi hatto obro‘ni qisman saqlab qolish va farqni kamaytirish uchun g‘ayrat qilmadi.

O‘yindan keyin Krishtianu bosh murabbiy yonidan o‘tayotib, unga qo‘l uzatmadi. Muxlislarga hurmatsizlik qildi, ular shunchaki oddiy uzr va keyingi o‘yinlarda vaziyatni to‘g‘rilash haqidagi so‘zlarni kutishgandi.

Bosh murabbiy yordamchisi Stiv Maklaren unga «Yunayted” muxlislari oldiga borishni qatʼiy tavsiya qildi (uning so‘zlari hatto efirga ham uzatildi). Ammo portugaliyalik bu ishni qilmadi va kiyim almashtirish xonasiga hammadan birinchi yo‘l oldi. Futbolchilarning baʼzilari muxlislar oldiga borib, uzr so‘rashdi.

1987 yilgi «Oltin to‘p” sohibi Ruud Gullit hujumchining tushunarsiz xatti-harakatlarini izohlashga urindi: «Krishtianu buni ochiq aytmaydi. Menimcha, u og‘ir ahvolga tushib qolgan «Manchester Yunayted”ga qaytganidan afsusda. Ronaldu hammasi yaxshi bo‘lishini kutgan va tanqidchilarga o‘zining haqiqiy kuchini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan shekilli. Menimcha, uning asablari juda tarang”.

«Manchester Yunayted”ning kadrlar siyosati haqiqatan ham yaxshilanishga muhtoj bo‘lsa-da, Ronaldu o‘zini nazorat qilishi kerak. Ammo portugaliyalik faqat vaziyatni murakkablashtirishga, muammoli jamoani uzil-kesil parokanda qilishga urinmoqda. «Yunayted” rahbariyatining sabri esa cheksiz emas.

«Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Sky Sports xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted” Krishtianu uchun radikal variant – shartnomani muddatidan oldin bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Klub portugaliyalikning o‘z ishiga munosabati o‘zgarishini istamoqda. Agar bu amalga oshmasa, futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. Keyinchalik, Sky Sports bu haqda klubdan izoh ham oldi.

«Klubning Ronaldu bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmadi, u sotilmaydi”, deb javob berdi mankunianliklar matbuot xizmati.

Albatta «Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani bekor qilmoqchi ekanini ochiq-oydin aytsa g‘alati bo‘lardi. Biroq, olovsiz tutun bo‘lmaydi. Bayonotning sovuq ohangi, so‘zlarning noaniqligi, aynan nima muhokama qilinayotgani haqida savollar tug‘ilishi buni tasdiqlaydi. Qolaversa, klub portugaliyalik sotilmasligini aytdi. Shartnomani bekor qilish haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmadi.

Klub undan norozi ekanining boshqa belgilari ham bor. The Times xabariga ko‘ra, ten Hag va murabbiylar shtabi Ronalduning xatti-harakatlaridan afsusda. Krishtianu boshqa klubga ketish niyati borligini ochiq aytganidan so‘ng, «Manchester Yunayted”ning baʼzi rahbarlari uni saqlab qolish zaruratidan shubhalanishmoqda. Uning xatti-harakatlari jamoa bazasidagi muhitni buzishi mumkin. Klubdagi manbalardan biri Krishtianuni «yomon kayfiyatda yuruvchi odam” deb atagan.

Bundan tashqari, The Athletic xabariga ko‘ra, ten Hag Ronalduga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan. Dastlab u futbolchini klubda saqlab qolishni istagan, uni jahon darajasidagi to‘purar deb hisoblagan. Biroq keyinchalik ten Hag portugaliyalikni tarkibga qo‘shishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Krishtianu bazada ko‘pincha yolg‘iz tushlik qilmoqda, mashg‘ulot paytida hissiyotlarga berilib, murabbiy singdirayotgan yuqori pressing g‘oyasiga eʼtiroz bildirishga harakat qilmoqda. Endi ten Hag boshqa hujumchi sotib olinsa, 37 yoshli futbolchining ketishiga qarshi emas.

Albatta Krishtianu matbuotda tarqalayotgan bunday maʼlumotlardan xabardor. Xo‘sh, bunga qanday munosabatda bo‘ladi? Balki o‘zini qo‘lga olib,  «MYu”ni tark etish ilojsiz ekanini, shartnomani vijdonan bajarish zarurligini tushunib qolar. Yoki o‘zini iloji boricha noprofessional tutib, klubning shartnomani bekor qilishga majbur bo‘lishi kutar. Umid qilamizki, portugaliyalik bungacha bormaydi.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1931 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘liq, tugay, takabburligi, «MYu”ning, sabri, boshladi, bo‘lmoqda, Ronalduning, namoyon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное