Yaponiyada Sakuradzima stratovulqoni otila boshladi
Yaponiyada Sakuradzima stratovulqoni otila boshladi
Mamlakat janubidagi Sakuradzima stratovolqonining otilishi natijasida odamlarni evakuatsiya qilishni talab etuvchi xavfning beshinchi darajasi eʼlon qilindi.
Yaponiya janubidagi Kagosima prefekturasi, Kyusyu orolida joylashgan Sakuradzima stratovulqonining otilishi natijasida oʼnlab odamlar uylarini tark etishga majbur boʼldi. Yaponiya meteorologiya agentligi 24 iyulь, yakshanba oqshomida evakuatsiyani talab qiluvchi beshinchi ogohlantirish darajasini eʼlon qildi.
NHK telekanali vulqon krateridan qalin tutun chiqayotgani aks etgan kadrlarni namoyish etdi. Yaponiya bosh vaziri oʼrinbosari Yosixiko Isodzaki soʼzlariga koʼra, halok boʼlganlar, jarohatlanganlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumotlar yoʼq. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hukumatga «zararning oldini olish uchun mahalliy munitsipalitet bilan yaqindan hamkorlik qilishni» topshirdi, dedi Isodzaki jurnalistlarga.
Sakuradzima stratovolqoni tez-tez tutun va kul chiqaradi hamda sayyohlik uchun asosiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Bu soʼnggi bir hafta ichida birinchi marta sodir boʼlayotgani yoʼq. Аvvalgi otilish 17 iyulь kuni kuzatilgan edi.
Meteorologlarning maʼlumotlariga koʼra, kul kraterdan taxminan 2,5 kilometr masofaga tarqalgan, tutun esa taxminan 300 metr balandlikka koʼtarilib, bulutlarga qoʼshilib ketgan. Meteorologlar Kagosima shahri tumanlari joylashgan kraterdan 3 kilometr radiusda yirik vulqon toshlari qulashi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Bundan tashqari, piroklastik oqimning shakllanishi istisno qilinmayapti.
Yaponiyada koʼplab faol vulqonlar mavjud. Mamlakat Tinch okeanining olovli halqasida joylashgan boʼlib, Tinch okeanining perimetri atrofida faol vulqonlarning aksariyati bor va dunyodagi eng koʼp zilzilalar qayd etilgan hudud hisoblanadi.
Sakuradzimado 1914 yilgacha orol edi. Keyinchalik lava oqimlari uni Kyusyu oroli Kagosima prefekturasidagi Osumi yarimoroli bilan bogʼladi.
Yaponiya oxirgi marta 2015 yilda Kagosima prefekturasida joylashgan Kutinoerabu orolida otilish sodir boʼlganida vulqon tufayli evakuatsiya boʼyicha yuqori ogohlantirish darajasini eʼlon qilgan edi.