"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlagan Gonsalo Iguain o‘rniga Amerikaning "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.
Kelishuv qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin, chunki 37 yoshli Ronaldu "Manchester Yunayted" murabbiylari bilan til topisha olmayapti. U "Tottenxem" bilan o‘yin (2:0) tugashidan oldin stadionni tark etdi, buning uchun Krishtianu jarimaga tortildi. u hozirda "MYU"ning U 21 jamoasida mashg‘ulot olib bormoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted" Ronalduni sotib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Inter Mayami" klubining xo‘jayini sobiq "MYU" a’zosi Devid Bekxem hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Iguain 2009 yildan 2013 yilgacha "Real"da o‘ynashgan. 2013 yilda Gonsalo Italiyaning "Napoli" klubiga o‘tgandi.