KO‘SEM serialining bosh qahramonini o‘ynagan aktrisa kim?
Ko‘sem sulton roliga serial ijodkorlari xuddi Xurram sulton rolini o‘ynagan Maryam Uzerlidek turk tomoshabinlariga notanish aktrisani taklif qilishdi. 6 yoshidan turli reklama roliklarida, keyinchalik kino va seriallarda rollar ijro qilib yurgan aktrisa – Anastasiya Tsilimpiuning boshiga baxt qushi qo‘ndi desak yolg‘on bo‘lmaydi. Axir 60 mingga yahin nomzoddan aynan shu qiz Mohipaykar Ko‘sem sulton roliga tanlab olingandi-da. Aytishlaricha, uning yorqin tashhi ko‘rinishi bunga sabab bo‘lganmish. Yana tinib-tinchimas jurnalistlarning izoh berishicha, u iqtidori va go‘zalligi tufayli emas, balki olgan gonorari tufayli ham mashxur bo‘ldi. Har bir seriyaga taxminan 10 ming dollardan gonorar olish uncha-muncha mashxur aktyoru aktrisalarning orzusi-da. Gresiyada-ku, u eng katta gonorar olgan aktrisaga aylandi-qoldi.
Suratga olish payti 17 yasharli Anastasiya Istambulga ko‘chib kelib, turk tilini o‘rganishga kirishdi. Ammo uning serialdagi «umr» i uzoqqa cho‘zilmadi. Yangi serialning reytingi «Muhtasham yuz yil» niki singari baland bo‘lmaganini ko‘rgan va uning keyingi qismlari taqdiridan xavotirlangan prodyuserldar Ko‘sem rolini turk kinoyulduzi Baren Saatga topshirdilar.