Klip uchun Mablag‘ ayamaydigan Xonandalar va tan olingan eng qimmat klip
Musiqiy kliplarni yaratish tarixi o‘tgan asrning 80-yillariga borib taqaladi. Ammo ular 1981 yil, xorijiy telekanllardan biri MTV tashkil etilgandan so‘ng ommalashib bordi. Kanal ham estradadagi bu yangilik sabab shuhrat qozondi. Odamlar shunchaki qo‘shiq tinglashni yaxshi ko‘rsa-da, taronaga ishlangan voqeani tomosha qilib turib, qo‘shiq so‘zlariga mosmi yoki klip umuman boshqa yo‘nalishda suratga olinganmi deya baholashni ma’qul ko‘radi. Shuningdek kliplar xonanda va aktyorlar uchun ham reklamaning oson bir yo‘li bo‘lib qoldi.
O‘zbek estradasida ham bir qator mashhur xonandalar eng mashhur kliplariga katta kichik mablag‘ sarflab muxlislar e’tiborini qozonib kelmoqda, deb yozadi “Darakchi” jurnalisti Aliya Sulaymonova.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, Mavluda Asalxo‘jayeva, xonandalar Shahzoda, Munisa Rizayeva kabilar kliplari uchun mablag‘ ayamaydigan ijodkorlardan.
O‘zbek estrada tarixida esa eng qimmat klip deya O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Sarson” qo‘shig‘iga ishlangan video eng qimmat kliplardan biri deya tan olinib kelinyapti. 2012 yil suratga olingan klip uchun “9999” studiyasi, o‘sha yili bitta “Lasetti” avtomobili narxidagi harajat sarf etgan edi. Quyida esa dunyoga mashhur eng qimmat kliplar beshligi haqida so‘z yuritamiz. 1. MAYKL JEKSON VA JANET JEKSON – “SCREAM” 7 MLN. DOLLAR.
Maykl va i Janet Jeksonning “Scream” qo‘shig‘i 1995 yil kuylangan bo‘lib, uning klipiga 7 mln dollar miqtorda pul sarflangan. “Gremmi” taqdimot marosimida ishtirok etgan klip bugungacha dunyodagi eng qimmat klipi deya e’tirof etiladi. Klip Mark Romanek tomonidan suratga olingan Klip nafaqat katta byujetli, balki eng esda qolarli klip deb ham ta’riflanadi. Maykl Jeksonning sho‘x shaddod obrazi va mahoratli xoreografiyasi ko‘pgina olqishlarni olgan. 2. MADONNA - DIE ANOTHER DAY: 6 MLN. DOLLAR.
2002 yil kuylangan Madonnaning “Die Another Day” qo‘shig‘i, aynan shu qo‘shiq nomi bilan suratga olingan Jeymse Bond haqidagi filmga sauntrek edi. Ushbu klip “Traktor’a” studiyasi boshchiligida suratga olingan. Voqealarda Madonna yaxshilik va yovuzlikning o‘zaro kurashini aks ettirgan. Ammo biroz tanqid ostiga olingan klip voqealarining umumiy byujeti 6 mln. dollarni tashkil etadi. 3. MAYKL JEKSON – “BLACK OR WHITE” 4 MLN. DOLLAR
Maykl Jeksonning “Black or White” qo‘shig‘iga ishlangan klip 1991 yil ilk efirga uzatilgan bo‘lib o‘sha davrda u musiqiy kanallarning barchasida uzoq vaqt davomida birinchi o‘rinlarni egallagan. Mazkur video klip Jon Lendis tomonidan suratga olingan.
4 mln. dollarga suratga olingan klip senzuraga tugri kelmagani uchun ko‘p bora tanqid qilingan. 4. MERAY KERI VA JEY-ZI – “HEARTBREAKER” 2,5 MLN. DOLLAR.
Mashhur rep xonandasi Jey-Zi ishtirokidagi ushbu qo‘shiq 1999 yil taqdim etilgan. Meray Kerining ushbu «Heartbreaker» dueti uning avvalgi qo‘shiqlaridan ko‘ra ko‘p ommalashgan bo‘lsa-da ko‘prok tanqidga uchragan. Xonanda mazkur klipi uchun 2,5 mln. dollar sarflagan 5. JANET JEKSON – “DOESN’T REALLY MATTER” 2,5 MLN DOLLAR.
Janet Jeksonning “Doesn’t Really Matter” qo‘shig‘i 2000 yil “Telba professor” filmiga sauntrek sifatida ijro etilgan edi. Jozef Kann boshchilik qilgan klip $2,5 mln. dollarga suratga tushirilgan.