Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kaniza “Darakchi” gazetasini hamkasblari bilan urishtirib qo‘yganlikda aybladi

Xonanda Kanizaning konsert kuni o‘z to‘yini rejalashtirgani uning oshkora piar va rostmana yangilik qilayotganidan darak edi. Ammo yaqinda xonanda ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida joylashtirgan surati ostida muxlislardan biriga “konsert kuni bo‘lib o‘tadigan to‘yi ayrim sabablarga ko‘ra qoldirilganligi”ni ma’lum qilgan edi. Bir ozdan so‘ng Kanizaning to‘yi bo‘lib o‘tganligi bilan bog‘liq suratlar tarqaldi…
Hususan, bu haqda “Darakchi” gazetasining 16-sonida qisqacha yoritilib, “Darakchi” gazetasi xodimlari Kaniza bilan bog‘langan holda nikoh o‘qitilgani rostligiga aniqlik kiritadi. Kaniza “Darakchi” gazetasi xodimlariga: “Turmush o‘rtog‘i bilan nikoh o‘qitganligi rostligi, ammo bu mavzuga ko‘p to‘xtalib o‘tolmasligi, barchasidan konsertga kelgandan so‘ng boxabar bo‘lishlari mumkinligi”ni aytadi. “Darakchi” gazetasida bosilgan, Kanizaning instagramdagi sahifasidan olingan “skrinshot” suratida esa xonanda muxlislaridan biriga nikoh o‘qitilayotgan surat klipga olingan lavhaligini ma’lum qilgan.
"Darakchi"da yoritilayotgan xabar bilan Kanizaning instagramdagi muxlisiga yozgan javobi suratlarda qarama-qarshi bo‘lib turgani bois, ushbu anglashilmovchiliklarga oydinlik kiritishga kirishdi. Shu maqsadda Kanizaning o‘zi bilan bog‘langanimizda u nikoh o‘qitilganligining rostligi, ammo bu haqda “Darakchi” gazetasiga hech qanday intervyu bermaganligini ma’lum qildi. “Darakchi” gazetasidan qattiq norozi bo‘layotgan Kaniza o‘z e’tirozlarini Kun.uz saytiga shunday ifodaladi:
Kaniza: “Endi intervyu bermasam ham yolg‘on gaplarni yozib yuborishlari noto‘g‘ri-da…(xafa bo‘lib). Yaqinda konsertoldi matbuot anjumaniga ham “Darakchi” gazetasini chaqirdim. Matbuot anjumani jarayonidagi bo‘lib o‘tgan savol javoblarni boshidan oxirigacha o‘girib, bizni san’atkorlar bilan urishtirishning keragi yo‘q edi. Men o‘shanda aytdim, “san’atkorlarda balki ayb yo‘qdir, men ularni aybdor deb hisoblamayman” dedim. Yonidagi adminstratorimi, prodyussermi ijodkorlarimi shoir va kompozitorlarning aybi bu” deb gapirsam ham, hamma bo‘lib o‘tgan gapni o‘zlaricha o‘girib yozishgan.
Unday qilmanglar! San’atkor intervyu berdimi, uning so‘zini, ma’nosini o‘zgartirmasdan so‘zma so‘z yozish kerak. Shuning uchun jahlim chiqqanidan intervyu bergim kelmaydi”.
Biz “Darakchi” gazetasida yoritilgan xabar va xonandaning instagramdagi sahifasidan “skrinshot” qilib olingan savol (suratda nikoh o‘qitilayotgan surat klipga olingan lavhaligini ma’lum qilgan) javob o‘rtasidagi tafovut haqida so‘radik. Bu borada xonanda, “instagramdagi muxlislariga har doim ham o‘zi javob qaytarmasligi, ba’zida uning o‘rnidan adminstratori va onasi foydalanishi mumkinligini, savol javoblarga ular bilmay javob yozgan bo‘lishi mumkin”ligini ma’lum qildi.
Kaniza: - Shuni ham “Darakchi”da chiqarish noto‘g‘ri-da! Mayli, “instagram”dan rasm olib qo‘yishsin, savolga berilayotgan javobni chiqarish...


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6894 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Kaniza
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное