16 iyun kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida mudhish qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, tumanda yashovchi Sh.Q. shu hududda joylashgan “Oybekina-bekina” MChJga qarashli AYoQSh oldida o‘zaro janjal oqibatida Zafarobod tumanida yashagan otasi A.N.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, qochib ketgan.
Natijada A.N. voqea joyida dunyodan ko‘z yumgan. Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Q. ushlangan.