Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Baxtli” mahallasida yashovchi Adham Erdoshovlar oilasida biryo‘la uch chaqaloq – ikki o‘g‘il, bir qiz dunyoga keldi.
Baxtiyor ota-ona farzandlariga Hasan, Husan va Zulayho ismlarini qo‘yishdi.
O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloqlarning hammasi sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda.