Jizzaxlik ijodkorlar Islom Karimov haqida badiiy film suratga oladi
Jizzaxlik bir guruh ijodkorlar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan, “Ishonch” deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda “Sangzor.uz” nashri xabar berdi.
Ushbu film “O‘zbekkino” milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbarligida suratga olinadi. Filmning g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev, ssenariy muallifi Hanifa Yo‘ldosheva.
“O‘zbekistonni ko‘p yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi”, — deydi g‘oya muallifi R.Yo‘ldoshev.
Ayni paytda mazkur film g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining №000376 sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.
Film rejissori va aktyorlar haqida ma’lumot berilmayapti.