“NSync” guruhining sobiq ishtirokchisi, hozirda yakkaxon tarzda ijod qiluvchi mashhur qo‘shiqchi Jastin Timberleyk hamda uning rafiqasi aktrisa Jessika Bil o‘g‘il farzand ko‘rishdi. Bu haqda People jurnali xabar berdi. Yangi mehmon ularning ikkalovi uchun ham birinchi farzand bo‘lgani aytilmoqda. O‘tgan yilning sentabr oyida qo‘shiqchi instagramda homilador rafiqasining qornini o‘payotgani tasvirlangan fotosuratini chop etgan edi. Timberleyk va Bil 2012 yilning yanvarida turmush qurishgan. Ungacha juftlik 5 yil davomida uchrashib yurgan.