O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaning ma’muri Yodgor Yuksalning ma’lum qilishicha, xonanda qiz nabirali bo‘ldi. Dunyoga kelgan chaqaloq xonanda Bahriddin Zuhriddinovning ilk farzandi bo‘lib, unga yaxshi niyatlar bilan Imona deya ism qo‘yildi. Hosilaning ma’muri bergan ma’lumotga ko‘ra chaqaloq sog‘lom va ayni damda o‘zini yaxshi his qilmoqda.