Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Farzandga nimalarni o‘rgatish kerak?
Odatda hayotiy ko‘nikma va foydali tajriba farzanddan otaga o‘tmaydi, balki xatolar va ulardan kelib chiqadigan xulosalar orqali o‘rganiladi. Otalar bunday holda “o‘g‘lim hali juda yosh” qabilida ish ko‘rib, o‘z bilimlarini zurriyodlariga ulashmaydi. Aslida esa ota bolaning asosiy tarbiyachisi va ustozi bo‘lishi kerak.
Kuyunchak otalardan biri o‘z farzandiga nimalarni o‘rgatish kerakligi ustida bosh qotirib, quyidagi maslahatlarni ishlab chiqdi. Demak, farzandga nimalarni o‘rgatish kerak?
1. Agar o‘zingga ishonmasang, hech bo‘lmaganda o‘zingga ishongan kabi harakat qil. Vaqti kelib o‘zingga bo‘lgan ishonch uyg‘onadi.
2. Insonning ko‘lami haqida uni tashvishga solayotgan muammolar ko‘lami bo‘yicha fikr yuritsa bo‘ladi.
3. O‘zingning xatti-harakatlaringni nazorat qilishni o‘rgan.
4. Har doim birorta bilan ko‘rishganda o‘rningdan tur.
5. Qancha pul bilan xayrlashishga ruhan tayyor bo‘lsang, o‘shancha miqdordagi pulni qarzga ber.
6. Kamroq gapir, ko‘proq tingla. Odamlar ularni tinglaydiganlarni yoqtiradi.
7. Senda haqiqiy qiziqish uyg‘otadigan mashg‘ulotni top va uni qanday qilib pulga aylantirish ustida o‘ylab ko‘r.
8. Omad unga tayyor turganlarni yaxshi ko‘radi.
9. Faqat sifatli narsa xarid qil.
10. Erkak kishi faqat o‘zini emas, balki yaqinlarini ham himoya qila olishi kerak.
11. Biror narsa qidirsang, oyoq ostiga emas, to‘g‘ringga qara.
12. Qiziqarli va o‘ziga xos qarorlar qabul qilishdan qo‘rqma.
13. Senga xavf tug‘dirmaydigan odam bilan kelishmovchilikka borma.
14. Har qanday bosh kiyimidan amaliy foyda bo‘lishi kerak.
15. Chiroyli kiyinishni odat qil, atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirasan.
16. Gaplashayotgan odamingning ko‘ziga qara.
17. Jismoniy mashq seni baxtliroq qiladi. Yugur, spor bilan shug‘ullan, har kuni mashq qil.
18. Maoshingning kichikroq qismini asrab qo‘y.
19. Tez-tez ota-onangdan xabar olib tur.
20. So‘rashayotgan odamingning qo‘lini mahkam siq.
21. Katta narsalar haqida o‘yla.
22. Barcha odamlarga, ularning ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, birday hurmat ko‘rsat.
23. Mas’uliyat eng muhim narsa. Yomon ishlar bo‘lib turadi, sening vazifang – qiyinchiliklarni yengib o‘tish.
24. Hech qachon nolima. Bu oldingda turgan vazifani yengillashtirmaydi, maqsadga erishishingni tezlashtirmaydi.
25. Uydan chiqishda tashqi ko‘rinishingga e’tibor ber.
26. Kimning birinchi jahli chiqsa, o‘sha yutqizadi.
27. Birovni baxtli qilish uchun o‘zingni o‘zgartirma. Agar “birov” sening o‘zing bo‘lmasang.
28. Agar sen uyda eng aqlli bo‘lsang, demak, sen boshqa uydasan.
29. Nimani kerakli deb hisoblasang, o‘sha bilan shug‘ullan, ammo o‘sha sohada eng yaxshi bo‘lishga intil.
30. Hech kim o‘lim to‘shagida yotganida kam ishlaganidan noligan emas. Hayotdan lazzat olishni bil.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3305 | Рейтинг: 0| Рейтинг: farzand, NIMA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное