Gollivudning mashhur aktrisasi Sandra Ballok qiz asrab oldi. Bu haqda “Segodnya.ua”xabar bermoqda.
Oradan besh yil o‘tib, Sandra kichkintoy Luisdan so‘ng, yana bir bola asrab oldi. OAVning ma’lum qilishicha, bola allaqachon uyga olib kelingan va vaqti-vaqti bilan Ballok u bilan birga ko‘chada paydo bo‘lmoqda.
Matbuotga xabar bergan manbaning ta’kidlashicha, Sandraga bu ishda uning yangi boyfrendi Rendall juda katta yordam bergan va aktrisani qo‘llab-quvvatlagan. Juftlik oila qurishi ehtimoli ham yo‘q emas.