Janubiy Amerikada COVID-19 vaksinasi sinovi boshlanadi
Braziliya odamlarda koronavirus vaksinasini sinab ko‘rishni boshlaydi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi. Sinovlarda “Sinovac” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Xitoy vaksinasi ishlatilishi aytilmoqda. Preparat bir vaqtning o‘zida 90 kun davomida Braziliya bo‘ylab joylashgan 12 ta ilmiy markazlarda sinovdan o‘tkaziladi. San-Paulu gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilsa, 2021 yil boshiga qadar Braziliyada aholi uchun bepul foydalansa bo‘ladigan 120 million doza vaksina ishlab chiqariladi. Pandemiya boshlanganidan beri ushbu mamlakatda ikki milliondan ortiq COVID-19 kasalligi aniqlangan, 80 ming kishi infeksiya qurboniga aylangan.