Jahongir Poziljonov eski yilning so‘nggi kunida sochsiz qoldi
Xonanda Jahongir Poziljonov 31-dekabr kuni hamkasbi Rayhon bilan birga klip suratga oldirgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
“Shov-shuv.uz”ning yozishicha, klip Rayhonning yangi qo‘shig‘i uchun olinayotgan bo‘lib, mazkur hamkorlik doirasida Poziljonov sochidan ham voz kechishga rozi bo‘lgan.
“2016-yilning so‘nggi kunida Poziljonov sochining yarmidan voz kechdi. Rayhonning klipi uchun”, — deb yozadi “Shov-shuv.uz”.
Hali sochlari joyida bo‘lgan vaqtda esa Jahongir Poziljonov O‘zbekistonning asosiy bayram archasi o‘rnatilgan “Anhor-Lokomotiv” parkida minglab odam bilan birga o‘ziga xos uslubda selfi-tabrik yo‘llagan edi: