Jahongir Poziljonov yangi qo‘shiq ustida ish boshladi
San’atimizning yorqin namoyondalaridan biri Jahongir Poziljonov yozning jazirama kunlariga qaramay yangi loyihalar ustida ish boshladi. Bu safar xonanda qanday mavzudagi qo‘shig‘ini taqdim etar ekan, deb o‘ylayotgandirsiz. Xonandaning repertuaridan joy oladigan keyingi qo‘shiq “Do‘st deb nomlangan. Ayni damda mazkur kompozisiyani yaratish ishlari jadal kechmoqda.
Jahongir Poziljonovning instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali qoldirgan ma’lumotiga qaraganda, mazkur taronaning so‘zi Ahad Qayum qalamiga mansub. Xonanda qo‘shiqni yaratishda kompozitor Rustam To‘lashev bilan hamkorlik qilmoqda. Tez kunda yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari va albatta saytimiz orqali namoyish etilishi ko‘zda tutilgan ushbu kompozisiya xalqimizga manzur keladi degan umiddamiz. Xonandaning ijodiga omad tilab, kuzatishda davom etamiz.