Jahongir Poziljonov qo‘shiqchi emas, oshpaz bo‘lishi mumkin edi
Bir guruh o‘zbekistonlik xonandalar estradada omadi yurishmagan taqdirda qanday kasbda o‘zini sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib o‘tishdi. Jumladan, Jahongir Poziljonov timsolida oshpazlik sohasi ajoyib mutaxassisni yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.
“Oshpaz bo‘lardim”, - tan oldi Poziljonov.
Shu bilan birga, Sardor Rahimxon hozir o‘z joyidaligini, bolalikdan sahnani orzu qilganini e’tirof etdi.
“Bolaligimdan san’atkor bo‘lishni orzu qilganman, - ta’kidladi u. – Shu bois har qancha qiyinchiliklarga qaramay, baribir niyatimga erishdim”.
“Uchuvchi bo‘lardim, - dedi Shohruxxon. – Bu mening ushalmagan orzuim. Ammo men qachondir samolyot shturvalini boshqaraman, deya niyat qilaman va bu niyatim amalga oshishiga ishonaman”.
Bundan tashqari, “Benom” guruhi ishtirokchilari Sarvar Azimov elchi, Komil Fozilov esa futbolchi bo‘lish orzusida bo‘lganliklarini bayon etishdi.