84 yoshli italiyalik komik aktyor Paolo Villadjo Rimning “Jemelli” kasalxonasida vafot etdi. ANSA agentligining xabar berishicha, aktyor ikki kun avval kasalxonaga keltirilgan.
Villadjo teleekranlarda Ugo Fantotssi roli orqali mashhurlikka erishgan. Mazkur obrazda marhum aktyor omadsiz hisobchi, Italiyaning oddiy fuqarosini gavdalantirgan. Paolo satira orqali o‘zi yashab turgan jamiyatni muammolar haqida o‘ylashga majbur etdi. Qolaversa, aktyor teatrda ham faoliyat yuritgan, Federiko Fellini, Mario Monichelli kabi rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan.
Aktyor kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun Venesiyadagi kinofestivalda “Oltin sher” mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2013 yilda “kichik odam” obrazi uchun Paolo Villadjo “Italiyada Gogol” xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlandi.