Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 22 kishiga yetdi
Italiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi, 100 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mamlakatdagi osmono‘par binolar, yo‘llar va ko‘priklar vayronaga aylangan. Shaharlar xarobalar ostida qolgani uchun qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish qiyin kechmoqda.
Bundan tashqari, zilzila yuz bergan hududlarda gaz sizib chiqishi kuzatilmoqda.