Ispaniyada mobil internet tezligini 10 marta oshiradigan kiyim yaratildi
Madridning Karlos III nomidagi universiteti mobil internet tezligini 10 martagacha oshirishga qodir bo‘lgan kurtka ishlanmasi uchun patent oldi, deya xabar bermoqda“Mail.ru”.
MIMO HUB axborot almashish tezligini yaxshilash, akkumulyator zaryadining sarflanishini sekinlashtirish, shuningdek ulanish barqarorligini oshirish uchun oddiy kiyimga ko‘p sonli antennalarni o‘rnatishni ko‘zda tutadi.
G‘oya shundan iboratki, antennalar tizimi axborot yuklanishi oqimini kattalashtiradi, shu bilan birga foydalanuvchi uchun hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.
Mualliflar ta’kidlashicha, ushbu texnologiya nafaqat oddiy foydalanuvchilar uchun, balki favqulodda vaziyatlar xizmati faoliyatida ham qo‘l keladi. Ya’ni, mobil internet yaxshi ishlamaydigan joylarda unga ehtiyoj tug‘ilsa, u katta ko‘lam va tezlikda ta’minlanadi.