Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ispaniyadagi o‘likxonada erkak yorib ko‘rishlaridan oldin o‘ziga keldi


Ispaniya shimolida o‘likxona xodimlari jasad solingan qopdan xurrak ovozini eshitdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Asturiya provinsiyasidagi qamoqxonaning 29 yoshli mahbusini qo‘riqchilar kamerada jon alomatlarisiz aniqladi. Uch shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng erkak o‘lgan deb qayd etildi va o‘likxonaga yetkazildi.

Jasadni yorishdan bir necha daqiqa avval o‘likxona xodimlari xurrak ovozini eshitib, qopni ochdi va erkak o‘ziga keldi. Unga oyoqqa turishiga yordam berildi va kasalxonaga yetkazildi.

Tibbiy muassasada unga katalepsiya — ichki va tashqi ta’sirlarga sezuvchanlikning yo‘qolishi tashxisi qo‘yildi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6367 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ispaniya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 antiqa xodisa bo'btide...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное