IShID Rossiyaga ilk bor hujumga o‘tgani haqida e’lon qildi
IShID terrorchilik guruhi Dog‘istondagi Darbant shahrida joylashgan Norin-qal’a istehkomiga tashrif buyurganlar o‘qqa tutilgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Jangarilar 31 dekabrda internetda ular tomonidan Rossiya maxsus xizmatlari a’zolarining guruhi hujumga uchragani haqidagi ma’lumotni joylashtirgan, bu haqda jangarilarning faoliyatini tahlil qiluvchi AQShning SITE sayti ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, jangarilar zobitlardan birini o‘ldirgan, o‘zlari esa talofat ko‘rmagan. Bundan tashqari, jangarilarning hujumi oqibatida 11 kishi yaralangan.
Darbantdagi terakt 30 dekabrda sodir bo‘ldi, unda 20 kishilik guruh noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan. Rossiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, yaralanganlar orasida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ham bo‘lgan.