ICQ dasturining iOS uchun mo‘ljallangan yangi versiyasi chiqarildi
ICQ dasturining iOS uchun mo‘ljallangan yangi versiyasi chiqarildi, u xususiylikning kengaytirilgan sozlamalari, yangilangan dizayn hamda foydalanuvchilarni spamlardan himoyalash tizimiga ega, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Endilikda boshqaruv menyusi pastki panelda joylashdi. Bundan tashqari yangi iOS ICQ’da telefon ekranida push-bildirishnomalar matnini bekitish, dasturga kirishni PIN-kod yoki Touch ID orqali himoyalash mumkin.
Bir nechta qurilmaga ega foydalanuvchilar uchun yozishmalarni “bulutli” sinxronlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yangi versiyani App Store’dan yuklab olish mumkin.