Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlandi. -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hamidova musobaqaning chorak finalida jazoirlik Imane Halifga qarshi ringga chiqib imkoniyatni boy bergandi, lekin keyinchalik genetik tekshiruv Imane Halifning erkak kishi ekanligini aniqladi. Halif diskvalifikatsiya qilinishi natijasida Hamidovaga bronza medali taqdim etildi.
Qizig‘i, jazoirlik bokschi o‘tgan yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U hatto Olimpiada o‘yinlarida ham qatnashgan, biroq shu paytgacha biror marta mutasaddilar tomonidan genetik tekshiruv o‘tkazish fikri paydo bo‘lmagan.