Komediya janrida ijod qilib millionlab muxlislarning qalbini zabt etgan aktrisa Vupi Goldberg har doim qoshlarini qirib yuradi. Bu holatni ko‘rgan insonda tabiiyki aktrisaning nima sababdan qoshlarini qirib tashlashi haqida savol paydo bo‘ladi. Vupi Goldberg yangi intervyusida o‘z sirini oshkor qildi.
Ma’lum bo’lishicha, aktrisa rangiz qoshlar trendda bo‘lganini va bolaligida ham qoshlari bo‘lmagani haqida gapirdi. Aktrisaning onasi uning barcha sochlarini qirib tashlagan.
“Bolaligimda qoshlarim bor edi. Biroq ular erkaklarnikiga o‘xshardi, shuning uchun onam ularni qirib tashlar edi. Keyin men ham xuddi shunday qilishda davom etdim, sababi men qoshlar bilan yuzimni taniy olmayman. To‘g‘ri, ba’zida ish paytida menga qosh yopishtirishadi, keyin esa yana yechib olishadi”, — deydi Vupi Goldberg.Aktrisaning diqqatga sazovor bo‘ladigan jihati — uning qoshlari yo‘qligida. Vudi Goldberg esa bundan faxrlanadi.