«GM Uzbekistan» kompaniyasi «Kapitalbank» bilan hamkorlikda «Lacetti» avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:
10% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — 22% yillik;
30% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — 20% yillik;
50% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — 19% yillik;
60% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — 18% yillik.
Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan.
Tez orada kommaniya avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan «GM Uzbekistan» avtomobillari modellarini kengaytirishini ma’lum qilgan.