“Forsaj 7” filmi ilk namoyishlarda 16 mln dollar ishladi
“Forsaj 7” filmi ilk namoyishlarda Universal Pictures kompaniyasiga 15,8 mln dollar foyda keltirdi, deb xabar bermoqda Deadline.
Film 3 mingdan ortiq kinoteatrlarda namoyish qilingan. Qayd etilishicha, bu foydadan 2,2 mln dollari filmning Imax kinoteatrlaridagi
namoyishlaridan olingan.
Hozircha bu ko‘rsatkich Imax kineoteatrlari uchun namoyishining birinchi kunlari 174 mln dollar foyda keltirgan “Temir odam-3» (2013) va 160 mln dollar foyda keltirgan “Qora risar: afsonaning tug‘ilishi” filmlaridan keyingi uchinchi ko‘rsatkich bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning fikrlaricha, avtomobillar haqidagi jangari filmning davomi dunyo bo‘yicha namoyishining birinchi uikendida (hafta oxiri – juma, shanba va yakshanba kunlari) o‘zining yaratuvchilariga 120-130 mln dollarlik foyda keltirishi mumkin.