“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi
“Forsaj 7” filmining 17 kun davomida katta ekranlarda namoyish etilishi natijasida kinoijodkorlar 1 mlrd dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.
The Hollywood Reporter gazetasining xabar berishicha, bu ko‘rsatkich yangi jahon rekordiga aylandi – unga qadar “Avatar” hamda “Garri Potter va o‘lim tortiqlari” filmlari 19 kun ichida shu miqdorda pul to‘play olgan edi.
Bundan tashqari, “Forsaj 7” Universal studiyasining 1 mlrd dollar ishlagan birinchi kinoloyihasi bo‘ldi.
Namoyishlarning qolgan kunlarida tushum 1.4 mlrd dollarga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.