Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada ikki qo‘shnining janjali o‘lim bilan tugadi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida qo‘shnilar o‘rtasidagi janjal, aka-ukalarning pichoqlanishi bilan yakun topdi. Oqibatda aka vafot etib, ukasi og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 2 aprel kuni soat 18:45 larda fuqaro F.Q. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida harakatlanib kelayotgan paytda qo‘shnisi F.T.ning ayoli S.S.ga avtomashina signalini chalib, chetroqqa chiqishini aytgan. Shundan so‘ng F.Q.ning rafiqasi D.N. yashash xonadonidan chiqib kelib, S.S. bilan o‘zaro janjallashib ketgan. 

Ularning janjalidan S.S.ning turmush o‘rtog‘i F.T. va uning ukasi F.T. xabar topib, F.Q.ning yashash uyi oldiga yetib kelishgan.

Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va F.Q. uyida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan F.T.ning qorin, bo‘yin, yurak va biqin sohalariga, F.T.ning esa chap bel, biqin va ko‘krak sohalariga bir necha marotaba urib tan-jarohati yetkazgan.

Fuqaro F.T. olgan tan-jarohatlari bilan xodisa joyida vafot etgan, F.T. esa davolanish uchun tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman prokuraturasi tomonidan F.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 736 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘shnining, tugadi, o‘lim, Farg‘ona, ikki, janjali, bilan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное