Eronda ikki bloger ko‘chada raqs tushgani aks etgan videosi uchun 10,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda "IranWire" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron sudi joriy yilning 29 yanvar kuni Tehronning markaziy Azadi maydonida hukumatga qarshi namoyishlarni bostirish paytida islomiy kiyinish qoidalariga zid bo‘lgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagani uchun ikki bloggerga nisbatan bunday jazo qo‘llagan.
Shuningdek, blogerlar Amir Ahmadiy va Astiaj Xagigi qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach, ikki yil davomida internetdan foydalanish va Eronni tark etish huquqidan mahrum qilingan.
Sud ularni “korrupsiyani rag‘batlantirish, milliy xavfsizlikni buzish va Islom Respublikasiga qarshi tashviqotni tarqatish maqsadida fitna va til biriktirish”da ayblagan.
Bundan tashqari, ular advokat olish huquqidan mahrum qilingan, ularni garov evaziga ozod qilish haqidagi iltimoslari ham rad etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oilalari ham ularning hibsga olingani haqida gapirmaslik uchun bosim ostida qolgan.