Eron Rossiya gazini sotib olib, o‘z gazini boshqa davlatlarga jo‘natmoqchi
Eron tashqi ishlar vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mehdi Safari mamlakat hukumati ichki ehtiyojlar uchun Rossiyadan gaz sotib olishi va Eron gazini boshqa davlatlarga sotishini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. Yetkazib berish uchun Rossiya va Eron tez orada qo‘shma korxona tashkil qiladi. U Fors ko‘rfazi va Arab dengizi davlatlarigacha bo‘lgan gaz quvurini qurish uchun mas’ul bo‘ladi.
Eronning Rossiya bilan gaz savdosi ssenariysi bu mamlakatdan gaz sotib olish va keyin o‘z gazimizni qo‘shni davlatlarga eksport qilishdan iborat, — deydi Safari.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bunday sxemaning yagona muammosi shundaki, Eronga Rossiya gazini sotib olish uchun vositachi kerak. Bu davlat Turkiya bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda Eron Rossiyadan olishi mumkin bo‘lgan gazning potentsial hajmi kunlik 50 million kub metrni tashkil etadi.Avvalroq Turkiya Yevropani Rossiya va Eron energiyasi bilan ta’minlay olishini e’lon qilgandi.